Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi Buyuk Britaniya va O’zbekiston aloqalarining 25 yilligini nishonlamoqda
17-fevral kuni Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchisi janob Kris Allan Buyuk Britaniya va O’zbekiston diplomatik aloqalarining 25 yilligiga bag’ishlangan press-konferensiya o’tkazdi.
17-fevral kuni Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchisi janob Kris Allan Buyuk Britaniya va O’zbekiston diplomatik aloqalarining 25 yilligiga bag’ishlangan press-konferensiya o’tkazdi.
Elchi janoblari O’zbekistonlik va xorijiy jurnalistlarga Buyuk Britaniya va O’zbekiston diplomatik aloqalarining 25 yili ichida, va ayniqsa 2016-yilda qanday muvaffaqqiyatlarga erishilgani to’g’risida so’zladi. Elchi janoblari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ertangi istiqbollari haqida so’z yuritdi.
2017-yil 18-fevral kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida diplomatik aloqalarning o’rnatilishiga 25 yil to’ladi. Albatta, davlatlarimiz o’rtasidagi munosabatlar bundanda uzoqroq tarixga borib taqaladi. Qirol Genrix IV va Amir Temur o’rtasidagi bundan deyarli 600 yil avval davrga oid yozishmalar saqlanib qolgan. Lekin faqatgina O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’nggina bu aloqalarimiz doimiy tus oldi.
Bugungi kunda ikki tomonlama aloqalarimiz siyosiy, tijoriy, xavfsizlik, ta’lim va madaniyat kabi ko’plab sohalarni o’z ichiga qamrab olgan. Xavfsizlik masalalari bo’yicha Buyuk Britaniya va O’zbekistonning aloqalari Afg’oniston bo’yicha tahliliy almashinuvlar va bir qator umumiy mintaqaviy muammolar ustida hamkorlikni o’z ichiga oladi. Britaniya Elchixonasi giyohvand moddalar va odam savdosi kabi xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi muammolarga qarshi kurashish bo’yicha O’zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Buyuk Britaniya O’zbekiston Parlamenti, Markaziy saylov komissiyasi va Milliy inson huquqlari markazi bilan davlat boshqaruvi islohotlari va universal qadriyatlar masalalari bo’yicha ish olib bormoqda. Buyuk Britaniya O’zbekiston bilan savdo, iqtisodiyot va investitsion aloqalarni kuchaytirish, va ayniqsa buni Savdo va sanoat bo’yicha O’zbekiston-Britaniya Kengashi orqali amalga oshirish yo’lida davom etmoqda. Elchi Allan Buyuk Britaniya va O’zbekiston ikki tomonlama aloqalarining 25 yili ichida erishilgan ko’plab ijobiy yutuqlari haqida gapirdi. U 1993-yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylarining Buyuk Britaniyaga tashriflari, va bunining davlatlarimiz orasidagi aloqalarning rivojlanishiga kuchli turtki bo’lganini aytib o’tdi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, o’tkan yili O’zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi ikki tomonlama aloqalarimizda juda muhim rol o’ynadi. 2016-yilning aprel oyida Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Tobias Ellvud ikki tomonlama munosabatlarga yanada chuqurroq tus berish maqsadida tashrif buyurdi. 2016-yilning dekabr oyida esa Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari ser Alan Dunkan ham O’zbekistonga safar uyushtirdi. Ministr Dunkan Prezident Mirziyoyevni qasamyod qabul qilinganidan so’ng yuzma-yuz qutlagan birinchi xorijiy amaldor bo’ldi. O’zbekiston tomonidan, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov janobi oliylarining 2013-yil noyabr oyida Buyuk Britaniyaga tashrifi aloqalarimizning yanada kengayishida muhim qadam bo’ldi. Janob vazirni yana Londonda ushbu yil davomida kutib qolamiz.
Parlamentlararo hamkorlik ikki tomonlama aloqalarimizning muhim qismi bo’lib kelgan. Oliy Majlisning Buyuk Britaniya Parlamenti bilan hamkorlik guruhi 2010-yil avgust oyida tashkil topgan edi. 2010-yil sentabr oyida Oliy Majlis guruhi hamda “Britaniya – O’zbekiston” Partiyalararo parlament guruhi o’rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi. 2011-yil noyabr oyida Buyuk Britaniya Parlamenti Senatorlar Safoyev va Artikova boshchiligidagi bir guruh O’zbekiston Parlamenti a’zolarini qarshi oldi. 2013- va 2016-yillarda Lordlar palatasi a’zosi Baronessa Vivyen Stern O’zbekiston Respublikasi Parlamentiga javob tashrifini uyushtirdi. Ular parlamentlarimiz o’rtasidagi munosabatlarni va inson huquqlari sohasidagi rivojlanishni muhokama qilishdi.
Savdo va investitsiya sohasida gapirar ekan, Britaniya Elchixonasi, shuningdek, O’zbekiston bilan savdo, iqtisodiy va investitsiya aloqalarini O’zbek va Britaniya tadbirkorlik subyektlarining bevosita aloqalarini rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash, Buyuk Britaniyaga va O’zbekistonga savdo missiyalarining qatnovini ko’paytirish va O’BSSK orqali hamkorlikni kuchaytirish ustida ishlashda davom etishini bildirdi. O’BSSK 1994- yilda tashkil qilingan bo’lib, shu sanadan beri har yili o’tkaziladigan tadbir. Hozir unga O’zbekiston tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri janob Elyor G’aniyev, Buyuk Britaniya tomonidan esa Barbara Hey honim hamraislik qilishadi. Elchi janoblari, shungingdek, o’tkan yilgi tadbir noyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tganini va unda O’zbekiston hukumati vakillari hamda rekord sondagi Britaniya tadbirkorlari qatnashganiga urg’u berdi. Bu esa ikki davlat o’rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarining yanada yaxshilanishiga xizmat qildi. Bu yilgi O’BSSK kuz oylarida Londonda bo’lib o’tadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligining 2016-yil uchun e’lon qilingan statistikasiga binoan, O’zbekistan-Buyuk Britaniya savdo aylanmasi 151 million AQSh dollariga yetdi. Bu o’tgan yilning munosib muddatiga taqqoslaganda, 43%ga yaqin o’sishni ko’rsatadi. O’zbekistondan Buyuk Britaniyaga asosiy eksport mahsulotlari qora metall va paxta bo’ldi. Buyuk Britaniyadan asosiy import mahsulotlari xizmatlar, mashinasozlik va uskunalar, kimyoviy moddalar, farmatsevtika va iste’mol mollarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, Elchi janoblari Buyuk Britaniya va O’zbekiston munosabatlarida mudofaa sohasining muhim roliga urg’u berdi va Afg’onistondagi harbiy operatsiyaning tranzitini tashkil qilishda O’zbekistonning yordamiga o’z minnatdorchiligini izhor etdi. Ushbu davr mobaynida ikkala davlatlarimiz o’rtasidagi mudofaa hamkorligi o’sib bormoqda va o’zaro foydali ravishda rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa ko’plab yutuqlarimiz orasida Buyuk Britaniya, harbiy akademiyalarimiz tomonidan mudofaa sohasidagi ta’lim kelishuvini imzolagan birinchi davlat bo’lganidan faxrlanamiz.
Elchi janoblari ta’lim sohasidagi hamkorlik yutuqlariga ham to’xtalib o’tdi. 2016-yilda O’zbekistondagi Britaniya Kengashining vakolatxonasi faoliyatining 20 yilligini nishonlandi. Shu yillar davomida Britaniya Kengashi O’zbekiston oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan mustahkam aloqalar o’rnatishga erisha oldi. U ingliz tili va ta’lim sohasida keng qamrovli milliy islohotlarga hissa qo’shmoqda. Ingliz tilini o’rganuvchilar uchun yangi turdagi qo’llanmalarining yaratilishi, ta’lim tizimining har bir bosqichida ingliz tili o’qituvchilariga treninglar tashkil etish va Buyuk Britaniyaning zamonaviy ta’lim resurslarini olishga imkoniyat yaratib berish shular jumlasidandir. Minglab Ingliz tili o’qituvchilari bu dasturlardan to’g’ridan-to’gri foyda olishdi. 2015-yilda Britaniya Kengashi san’at mutaxassislari va tashkilotlarga xalqaro hamkorlikka, innovatsiyaga va yangi tomoshabin va tinglovchilarga chiqish imkoniyatini beruvchi san’at dasturini qayta ishga tushurdi. 1994-yildan beri ko’plab O’zbekistonlik iqtidorli yosh mutaxassislar Buyuk Britaniya hukumatining Chevening grantlar dasturi orqali eng nufuzli Britaniya universitetlarida magistratura bosqichida tehsil olib qaytishga muvaffaq bo’ldilar. Dasturning barcha bitiruvchilari hozir yaxshi ishlarga joylashganlar va O’zbekistonning rivojlanishiga hissa qo’shib kelmoqdalar. Bundan tashqari, biz Britaniya Tashqi ishlar vazirligining davlat xizmati, biznes, axborot vositalari, ilmiy va xalqaro tashkilotlar sohalarida liderlik qobiliyatini namoyish qilganlar uchun Xalqaro liderlar dasturida O’zbekistonlik nomzodlarning o’rin olishiga muvaffaq bo’ldik.
Elchi janoblari Toshkentdagi xalqaro Vestminster Universiteti va tez suratlarda rivojlanayotgan Britaniya maktabining ikkala mamlakatning yoshlariga ta’lim sohasida hamkorlik yaaratishiga yaxshi imkoniyatlar yaratayotganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Yana boshqa ko’plab sohalar orasida, Elchi janoblari “odamlardan odamlarga” aloqalariga to’xtalib o’tdi. Buning ichiga har yili o’sib borayotgan Britaniyalik turistlar soni va ularning O’zbekistonning chuqur tarixi va madaniyatini o’rganish, mehmondo’st xalqi bilan ko’rishish uchun safar qilayotkanlari kiradi. Bizning sport jamoalarimiz ham yanada ko’proq uchrashishmoqda, ko’plab sportchilarimiz O’zbekistondagi nufuzli sport tadbirlarida qatnashish uchun tashrif buyurmoqdalar. Biz O’zbekiston regbi terma jamoasini 2016-yilda Toshkentda o’tkazilgan Osiyo regbi chempionati musobaqalariga tayyorlash uchun Britaniyalik trenerni taklif qilgan edik.
Elchi janoblari O’zbekistonning biznes muhitni yaxshilash, korruptsiyaga barham berish va chet el investitsiyalarini jalb qilish yo’lidagi intilishi juda muhim va ijobiy qadam ekanligini ta’kidlab o’tdi. U hukumatning onlayn portal va boshqa baholash mexanizmlari orqali aholi bilan aloqasini yaxshilashga qaratilgan o’zgarishlar ko’plab ijobiy natijalarni berayotganini aytdi. Elchi Buyuk Britaniya qo’lidan kelgancha ushbu islohotlarga O’zbekiston institutlari bilan tajriba almashish orqali yoki salohiyatini oshirishni moliyalashtirish orqali yordam berishga mamnun ekanligini bildirdi. Shu yilda Buyuk Britaniya Elchixonasi hukumatning iqtisodiyot, ochiq-oydinlik, javobgarlik va jinoyat-adliya tizimidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga 500,000 AQSh dollaridan ko’proq sarmoya kiritishni ko’zlagan. Shu bilan birga, Jahon Banki, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqining asosiy donorlaridan biri bo’lgan Buyuk Britaniya har yili O’zbekistonning rivojlanishi uchun ko’plab million dollarli grantlar va imtiyozli kreditlar ajratib kelmoqda. Xulosa o’rnida, Elchi Allan yana bir bor Buyuk Britaning O’zbekistondagi islohotlar rejasini qo’llab-quvvatlashini ta’kidlab o’tdi. Buyuk Britaniya O’zbekistonning kelajagi porloq ekaniga ishonadi va munosabatlarimizning kelayotgan yillarda yana ham kuchayishiga umid bildirib qoladi.
Elchi Allan o’z nutqidan so’ng jurnalistlardan savollar qabul qildi.