Buyuk Britaniya Elchisining o’rinbosari O’zbekiston viloyatlariga tashrif buyurdi
Elchi o’rinbosari xonim Fiona Makston Xorazm va Buxoro viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasining missiya rahbari o’rinbosari xonim Fiona Makston Xorazm va Buxoro viloyatiga amalga oshirilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi. Viloyatlarda davlat mansabdor shaxslari hamda Britaniya sarmoyasi ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan uchrashuvlar o’tkazildi.
15 fevralda Makston xonim Xorazm viloyat hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari janob Mansurbek Jumaniyozov, Xorazm vilyoat hokimiyatining iqtisodiy aloqalar bo’limi mudiri janob Hurmat Matrasulov, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari janob Alisher Husainov va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig’i janob Muhammadjon Abdirimov bilan uchrashuvlar o’tkazdi.
17 fevral kuni Makston xonim Buxoro viloyati hokim o’rinbosari janob Husniddin G’oirov, Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig’i janob Jamshid Qandov hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Buxoro viloyat boshqarmasining boshlig’i janob Hojiakbar Turaev bilan uchrashdi.
Uchrashuvlar davomida Makston xonim Elchixona ikki mamlakat orasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ish olib borishga tayyor ekanligini ta’kidlab, uchrashuv ishtirokchilariga Buyuk Britaniyada yil davomida bo’lib o’tadigan savdo tadbirlarida qatnashishni taklif etdi. Bundan tashqari Makston xonim O’zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar sonini orttirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Tashrif davomida Makston xonim QK MChJ “UZTEX SHOVOT” (“WAYREX LLP” korxonasi tarkibiga kiradi), XK “Xiva”, AJ “Kogon yog’- ekstraksiya zavodi” kabi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida Buyuk Britaniya sarmoyasi bilan faoliyat yuritayotgan korxona vakillari bilan ham uchrashdi.
Toshkentga qaytgach:
Ushbu tashrif yuqori darajada ot’di. Tashrif buyurgan Ikkala viloyat bilan aloqalarimizni yanada rivojlantirish imkoniyati borligi shubhasizdir. O’tkazilgan muhokamalar va o’rnatilgan aloqalar mamlakatlarimiz orasidagi hamkorlikni mustahkamlashga asos bo’lib, hukumatlarimiz oldidagi iqtisodiy o’sishga oid maqsadlarga erishishda o’z hissasini qo’shadi degan umiddaman, dedi Makston xonim.