Янгилик сюжетлари

Chevening dasturida g`olib bo`lgan O’zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyaning oliy o’quv yurtlarida tahsil oladilar

2017 yilning 8 sentabr kuni Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan “Chevening” dasturida tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan O’zbekistonlik mutaxassislarga sertifikatlar taqdim qildi

Бу 2016 to 2019 May Conservative government номидан бўлган
Chevening 2017/2018 Uzbekistan scholars

2017 yilning 8 sentabr kuni Buyuk Britaniyaning Ozbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan “Chevening” dasturida tanlovdan muvaffaqiyatli otgan va yaqin orada Buyuk Britaniyaning universitetlarida oqishni boshlaydigan Ozbekistonlik mutaxassislarga sertifikatlar taqdim qildi.

Chevening dasturi Buyuk Britaniya hukumatining xalqaro stipendiy dasturi bolib, Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan qollab-quvvatlanadi. Dastur doirasida butun dunyodan liderlik salohiyatga ega bolgan stipendiatlar Britaniya universitetlarining magistraturasida bepul talim olish imkoniyatiga ega boladilar. 1994 yildan boshlab 200ga yaqin Ozbekistonlik mutaxassislar Chevening stipendiatlari qatoriga kirdi.

Joriy yilda murakkab tanlov jarayonidan song, Chevening stipendiyasi Ozbekistonda turli sohalarda ishlayotgan sakkiz nafar mutaxassisga taqdim etildi. Goliblar UCL, City University of London, London School of Economics and Political Science, Queen Mary University of London, Cardiff University, Bristol University, University of Surrey, Birkbeck University of London kabi Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarining magistrlik dasturlarida tahsil oladilar. Ozbekistonlik talabalar pedagogika va oquv dasturlarini ishlab chiqish, huquqshunoslik, musiqa, davlat siyosati, havo transporti boshqaruvi, talim, energetika kabi turli sohalarni o’rganadilar.

Bundan tashqari Ozbekistonlik mutaxassis Chevening OCIS Fellowship ilmiy stipendiyasi golibiga aylandi. Ushbu dastur Oksford Universitetining Islom tadqiqotlari markazida qisqa muddatli ilmiy ish olib borish imkoniyatini beradi. Bu dastur tanlovida 31 davlatdan atigi uchta golib aniqlanadi, shuning uchun bu yili Ozbekistonlik mutaxassis goliblardan biri bolgani alohida ahamiyatga ega.

Chevening dasturi boyicha keyingi oquv yilga arizalar 2017 yilning 7 noyabrigacha qabul qilinmoqda.

Updates to this page

Нашр қилинган 20 September 2017