Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchixonasi 2014-yildagi faoliyati yakunlari haqida

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Djordj Edgar 23 yanvar kuni Toshkentda matbuot anjumanini o’tkazdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
The British Embassy in Tashkent sums up the 2014 activity results

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Djordj Edgar 23 yanvar kuni Toshkentda matbuot anjumanini o’tkazdi. O’zbek va horijiy jurnalistalir 2014 yilda O’zbekiston va Buyuk Britaniyaning o’zaro hamkorligi borasida erishilgan muvaffaqiyatlar hamda elchixonaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim va madaniyat sohalaridagi samarali loyihalari haqida ma’lumot olishdi.

Buyuk Britaniya ikki mamlakat uchun muhim bo’lgan siyosiy masalalar, shu jumladan, hududiy xavfsizlik sohasida O’zbekiston hukumati bilan yuqori darajadagi muloqoti va o’zaro aloqalarini yuksak qadrlaydi, dedi elchi Edgar. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasining 2014 yilning sentyabr oyi boshida Buyuk Britaniyada bo’lib o’tgan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining Sammitidagi ishtiroki buning tasdig’idir. Sammitning asosiy mavzularidan biri xalqaro kuchlarning olib chiqilishidan so’ng mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash borasida Afg’oniston hukumatiga ko’rsatiladigan yordam edi. Sammit doirasida Abdulaziz Komilov Britaniya Tashqi ishlar vaziri janob Filip Hammond bilan uchrashuv o’tkazdi. Ucharshuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama, hududiy va xalqaro masalalari bo’yicha davlatlarimizning pozitsiyasini yaxshiroq tushunish imkonini yaratuvchi yuqori darajadagi fikr almashinuvlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Oxirgi ikki yil ichida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining Birinchi o’rinbosari Baronessa Saida Varsining Toshkentga tashriflari bo’lib o’tdi. 2014 yilning aprel oyida O’zbekistonga buyurgan so’nggi tashrifi davomida Baronessa Varsi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, hamda O’zbekiston Senati va Milliy Inson Huquqlari Markazining yuqori martabali vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm va ta’lim, hamda inson huquqlari sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qilishdi.

Yaqin orada amalga oshirilgan tashriflar orasida Britaniya Kengashi tomonidan tshkillashtirilgan O’zbekistonning O’rta va Maxsus Ta’lim Vaziri Alisher Vaxabovning 2015 yil 19-22 yanvarda Buyuk Britaniyaga bo’lgan tashrifi qayd etib o’tildi. U 80 ta mamlakatdan tashrif buyurgan ta’lim vazirlari bilan birga Londoda bo’lib o’tgan Jahon ta’lim Forumida ishtirok etdi. Tashrif davomida Alisher Vaxhabov Buyuk Britaniyaning ta’lim sifatini ta’minlash Agentligi direktori, Britaniya oliy o’quv yurtlari rahbariyati, ta’lim va ingliz tilini o’rganish sohasidagi mashhur mutaxassislari, shuningdek, Britaniya Kengashi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvlar chog’ida ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Elchi Djordj Edgar ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakilining O’zbekistonga 2015 yildagi ilk tashrif 22 yanvar kuni bo’lib o’tdi . Buyuk Britaniyaning Afg’onistondagi elchisi Ser Richard Stagg Toshkentga tashrif buyurib, O’zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari janob Alisher Qurmonov bilan uchrashdi. Tomonlar Afg’oniston hukumatiga xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo’yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Elchi Stagg O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Mintaqaviy xavfsizlik o’rganish markazi ekspertlari bilan uchrashdi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari hamda professor-o’qituvchilariga Afg’onistonga harbiy, texnik va iqtisodiy yordam haqida ma’ruza o’qidi.

Elchi Edgar 2014 yilda O’zbekiston viloyatlariga tashriflari haqida jurnalistlarga so’zlab berdi. Fevral oyda u Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi, va u erda viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasining viloyat filiali vakillari, shuningdek Termiz davlat universiteti domla va talabalar bilan uchrashdi. Undan tashqari u O’zbekiston – Afg’oniston chegarasidagi chegara va bojxona «Hayraton» postiga tashrif buyurib u erda chegara va bojxona xizmatlarining ishi haqida ma’lumot oldi.

2014 yilning May oyida Elchi Edgar Qoraqalpog’istonga tashrif buyurib u erdagi qurilish bosqichda bo’lib turgan 2016 yilda ishga tushirilgandan so’ng Markaziy Osiyoda tabiiy gaz, polietilen va polipropilen ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona bo’ladigan Ustyurt gaz-kimyo majmuasini ko’rib o’tgan. Shu korxonaning qurilish jarayonida huquqiy, moliyaviy va atrof-muhit masalalari bo’yicha maslahat etkazish bo’yicha Britaniya kompaniyalari qatnashgan.

Elchi Edgar ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o’rtasidagi hamkorlikka bir necha misollar berdi. Xususan, 2014 yilning sentyabr va noyabr oylarida O’zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyalari Buyuk Britaniyaga bir necha tashrif buyurib, u erda xarbiy xodimlarining malakasini oshirish, muhandis qo’shinlari birliklaridan foydalanishi, hamda kimyoviy, biologik va radiologik muhofaza qilish sohasidagi Britaniya tajribasi bilan tanishgan.

2014 yilning kuzida ma’suliyatiga transnatsional jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun O’zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qiladigan jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun Buyuk Britaniya Milliy agentligining vakili Buyuk Britaniya Elchihonasida o’z ishini boshlagan. Ayni paytda, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Britaniya Milliy agentligi o’rtasida Anglashuv memorandumi imzolanishi haqida muzokaralar olib borilmoqda. Memorandum noqonuniy giyohvand moddalar, qurol-aslaha va odam savdosi, kiber va pul yuvish, shu jumladan, moliyaviy jinoyatlarni oldini olish, tergov va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.

Elchi Edgar ta’kidlab e’tdiki Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga ko’ra, Buyuk Britaniya O’zbekistonning Yevropadagi muhim savdo sheriklaridan biri ekan, yanvar-oktyabr 2014 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 100 million dollardan oshgan. 2014 yil yanvar-sentyabr oylarida u 2013 yilga nisbatan 14% ga oshdi.

O’zbekiston tomoni ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunga qadar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida Britaniyalik kapitaliga ega bo’lgan 504 firma va kompaniyalarini faoliyat ko’rsatib, shu jumladan ular ichida 142 kompaniya 100 foizlik Britaniya investorlarning sarmoyasiga ega. 78 Britaniya kompaniyalari TIAISV akkreditatsiyadan o’tgan. O’zbekiston bozorida yangi Britaniya kompaniyalari vujudga kelmoqda. 2014 yilning avgust oyida janob Elchi Edgar Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar majmuasidagi sifatli kiyim va aksessuarlari sotadigan BHS rasmiy do’konining tantanali ochilishida ishtirok etdi.

2014 yilning noyabr oyida Toshkentda 20 Buyuk Britaniya biznes soha vakillarining qatnashishi bilan Savdo va sanoat bo’yicha O’zbekiston-Britaniya kengashining 21-yig’ilishi otkazildi. Tomonlar turli savdo va iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishdi, hamda ta’lim, ilm-fan, turizm, chiqindilarni boshqarish, va energiyani tejovchi texnologiyalar sohalardagi istiqbolli qo’shma loyihalar yuzasidan fikr almashishdi.

Oxirgi yillar mobaynida Elchixona mamlakatdagi bir necha etakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. So’nggi bir necha yil davomida Buyuk Britaniya elchixonasi ko’magida Bank va moliya hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyalarida Britaniya etakchi universitetlarining professorlari ma’ruzalar o’tkazishmoqda. 2014 yilda, masalan, shunday ma’ruzalar xalqaro moliyaviy bozorlar, xorijiy investitsiyalar va davlat xizmati kabi masalalarini qamrab olgan.

Elchi Edgar, shuningdek, milliy ta’lim islohotlarni qo’llab-quvvatlash uchun maqsadlangan O’zbekistondagi Britaniya Kengashi faoliyat yuruvchi loyihalari haqida gapirdi. Ingliz tili dars beruvchi o’qituvchilar tizimini isloh qilish loyihasi chog’ida Britaniya kengashi 18 O’zbekiston oliy o’quv yurtlari hamda Buyuk Britaniyadagi hamkor tashkilotlar bilan aloqalarini yo’lga qo’yishga yordam berdi. Loyihaning maqsadi - O’zbekistonda ta’lim va ingliz tilini 34 ming o’qituvchi va 6,5 million talaba tomonidan o’rganish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadishdir.

Buyuk Britaniya O’zbek sayyohlar, talabalar va tadbirkorlar uchun eng mashhur joylaridan biri bo’lib qolmoqda. 2013-yilda O’zbekiston aholisi vakillari 3000 dan ortiq har xil turdagi vizalar oldi. 2014 yilning uchta chorak ichida 2200 vizadan ortiq (4 choragiga oid bo’lgan statistic ma’lumot shu yilning fevral oyida mavjud bo’ladi), shuningdek 523 – turistik, 369 – o’quv, shuningdek 61 ish vizalar chop etildi.

O’z bayonotidan keyin Elchi Edgar jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Нашр қилинган 28 January 2015