O’zbekiston rezidentlari silga tekshirilishi haqida ma’lumot
Joriy yilning 31 dekabrdan boshlab Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradigan O’zbekiston rezidentlari silga tekshirilishi haqida ma’lumot.
![Tuberculosis testing in Uzbekistan](https://assets.publishing.service.gov.uk/media/5a61c3d3e5274a0a204887c9/s300_304-Blood_Pressure.jpg)
31 dekabr 2013 yildan boshlab Buyuk Britaniyaga uzun muddatga tashrif buyuradigan O’zbekiston rezidentlari viza arizasini topshirishdan oldin silga tekshirilishi shart. Agar siz 31 dekabr kuni yoki undan keyin Buyuk Britaniyaga 6 oyga yoki undan uzoq muddatga tashrif buyurmoqchi bo’lsangiz – siz sil kasalligiga chalinmaganligingizni qayd etish uchun maxsus tibbiy ko’rikdan o’tishingiz lozim. Agar viza arizasini 31 dekabrdan oldin topshirmoqchi bo’lsangiz – siz tibbiy ko’rikdan o’tishngiz shart emas.
Yangi tartib Buyuk Britaniyaga sayohatchi (turist) sifatida yoki boshqa maqsadda qisqa muddatga kelayotgan mehmonlarga tarqalmaydi.Yagona istisno bu qalliq vizasiga (turmushi rasmiy qayd etilmagan kelin/kuyovlar vizasi) topshirgan arizachilardir.
Tibbiy ko’rik haqida va O’zbekistondagi bunday ko’rik amalga oshiriladigan tibbiy muassasa haqida batafsil ma’lumot Buyuk Britaniya Ichki Ishlar Vazirligining vebsaytida mavjud.