Қўлланма

Rossiya sanksiyalari – Ustuvorligi yuqori umumiy mahsulotlar roʻyxati

Янгиланган 8 August 2024

Ushbu tarjima 2024-yil 15-iyulda qilingan. Bu sahifada joylangan ingliz tilidagi qoʻllanma Birlashgan Qirollik hukumati tomonidan nashr etilgan rasmiy qo‘llanmadir. Qoʻllanmaning ingliz tilidagi asl nusxasiga oʻzgartirish kiritilganmi yoki yoʻqligini tekshirish sizning majburiyatingiz boʻlib qoladi. 

Bu hujjat Ustuvorligi yuqori umumiy mahsulotlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi. Bu Rossiya qurol tizimlari va uning harbiy jihatdan rivojlanishi uchun muhim boʻlgan Gʻarb mahsulotlaridan iboratdir. Bu roʻyxat tarkibi oʻzgarib turadi va vaqti-vaqti bilan yangilanadi. Bu mahsulotlarning Rossiyaga yetib borishining oldini olishda asosiy rol oʻynaydigan omil – bu biznes.

Eslatma: ushbu ustuvorligi yuqori umumiy mahsulotlar bizning savdo sanksiyalarimiz hajmini ifodalamaydi. Chora-tadbirlar va huquqiy majburiyatlarning toʻliq toʻplami bilan tanishish uchun Rossiyaga oid qoidalarga qarang.

Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga javoban, Birlashgan Qirollik Rossiyaning harbiy mashinalarini moliyalashtirishni toʻxtatish, keng koʻlamli iqtisodiy yoʻqotishlarni keltirib chiqarish hamda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash va u bilan birdamlikni namoyish qilish maqsadida misli koʻrilmagan sanksiyalar paketini joriy qildi.

Bu Rossiyaning Ukrainada noqonuniy urush olib borish qobiliyatiga jiddiy taʼsir qiladi va Rossiya iqtisodiyotini jiddiy zaiflashtirdi.

Birlashgan Qirollikning savdoga oid choralari Rossiyani noqonuniy urushni olib borish uchun zarur boʻlgan mahsulotlar, texnologiyalar va daromadlarni qoʻlga kiritish imkoniyatidan mahrum qilish hamda Rossiya qurollarini ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega Gʻarb mahsulotlarini cheklash orqali uning harbiy imkoniyatlarini zaiflashtirishga hissa qoʻshishga qaratilgan.

Roʻyxat

Birlashgan Qirollik xalqaro hamkorlari bilan birgalikda Rossiya oʻz qurol tizimlarida ishlatayotgan mahsulotlarni aniqladi. Ularning barchasiga Birlashgan Qirollik sanksiyalari tatbiq etiladi. Bularning koʻpchiligi Ukrainadagi jang maydonida topilgan. Ular integral sxemalar va radiochastota (RF) qabul qiluvchi modullar kabi elektron komponentlarni oʻz ichiga oladi. Zarur hollarda yangilanadigan ushbu roʻyxat jang maydonidan olingan sxemalar va elektron komponentlarni ishlab chiqarish va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni ham oʻz ichiga oladi.

Bu roʻyxat toʻrtta darajaga ajratilgan boʻlib, birinchi va ikkinchi daraja ayniqsa nozik boʻlgan mahsulotlari – Rossiya qurol tizimlari uchun eng muhim boʻlgan integral sxemalar va boshqa qoʻshimcha elektron komponentlarni oʻz ichiga oladi.

  • 1-daraja: Integral sxemalar (mikroelektronika deb ham ataladi)
  • 2-daraja: Elektron komponentlar, jumladan, kommunikatsiya modullari va passiv elektron komponentlar
  • 3A daraja: Rossiya qurol tizimlarida ishlatiladigan kengroq taʼminotchilar doirasiga ega boshqa elektron komponentlar
  • 3B daraja: Rossiya qurol tizimlarida ishlatiladigan mexanik va boshqa komponentlar
  • 4A daraja: Elektron komponentlar, elektron platalar va modullar jihozlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va sifatini sinovdan oʻtkazish
  • 4B daraja: Raqamli dastur bilan boshqariladigan (CNC) dastgohlar va komponentlar

Kompleks tekshiruvni amalga oshirish

Rossiya sanksiya ostida boʻlmagan mamlakatlar orqali shu kabi cheklangan mahsulotlarni sotib olishga harakat qilmoqda. Kompaniyalar ushbu xavflarni hisobga olishlari kerak. Kompaniyalar bu mahsulotlarning yakuniy manzili Rossiya emasligiga ishonch hosil qilish uchun kompleks tekshiruvni amalga oshirishi kerak.

Birlashgan Qirollik sanksiyalardan qochish va boʻyin tovlash muammolarini hal qilish, jumladan, Rossiya sanksiyalarimizni chetlab oʻtish uchun foydalanayotgan boʻlishi mumkin boʻlgan marshrutlarni yopish uchun xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ishlamoqda.

Ustuvorligi yuqori umumiy mahsulotlari

Daraja HS6 kodi Tavsif
1 8542.31 Elektron integral sxemalar: Protsessorlar va kontrollerlar; xotira qurilmalari, konvertorlar, mantiqiy sxemalar, kuchaytirgichlar, soat va sinxronlovchi va soatli sxemalar va boshqa sxemalar bilan birlashtirilgan yoki birlashtirilmaganidan qatʼi nazar
  8542.32 Elektron integral sxemalar: Xotira qurilmalari
  8542.33 Elektron integral sxemalar: Kuchaytirgichlar
  8542.39 Elektron integral sxemalar: Boshqa
2 8517.62 Ovoz, tasvir yoki boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, oʻzgartirish va uzatish yoki qayta tiklash uchun mashinalar, jumladan, kommutatsiya va marshrutlash apparatlari
  8526.91 Radar apparatlari, radionavigatsiya apparatlari va radioboshqaruv apparatlari: Radionavigatsiya apparatlari
  8532.21 Boshqa doimiy kondensatorlar: Tantal kondensatorlari
  8532.24 Boshqa doimiy kondensatorlar: Keramik dielektrik, koʻp qatlamli
  8548.00 85-bobning hech bir yerida koʻrsatilmagan yoki kiritilmagan mashina yoki apparatlarning elektr qismlari
3A 8471.50 8471.41 yoki 8471.49 tovar pozitsiyadagi qurilmalardan tashqari, qayta ishlash bloklari, bitta korpusda quyidagi turdagi bloklardan bir yoki ikkitasini oʻz ichiga olgan yoki olmaganidan qatʼi nazar: Xotira bloklari, kiritish bloklari, chiqarish
  8504.40 Elektr transformatorlari, statik konvertorlar (masalan, toʻgʻrilagichlar) va induktorlar; ularning qismi: Statik konvertorlar
  8517.69 Ovoz, tasvir yoki boshqa maʼlumotlarni uzatish yoki qabul qilishga moʻljallangan boshqa apparatlar, jumladan, simli yoki simsiz tarmoqda aloqa apparatlari
  8525.89 Televizion kameralar, raqamli kameralar va videokameralar
  8529.10 Faqat yoki asosan 8524–8528 tovar pozitsiyalaridagi apparatlar bilan ishlatishga mos qismlar; barcha turdagi antennalar va antenna reflektorlari; ular bilan foydalanish uchun mos qismlar
  8529.90 Faqat yoki asosan 8524–8528 tovar pozitsiyalaridagi apparatlar bilan ishlatishga mos qismlar: Boshqa
  8536.69 Koaksial ulagichlar; silindrsimon koʻp kontaktli ulagichlar; ustun va panel ulagichlari; bosma plata ulagichlari; tasma yoki tekis simli ulagichlar; boshqa
  8536.90 Elektr zanjirlarini almashtirish yoki himoya qilish yoki elektr zanjirlariga ulash yoki undagi ulanishlar uchun elektr apparatlar: Boshqa apparatlar
  8541.10 Yorugʻlik sezgir va yorugʻlik yutuvchi diodlardan boshqa diodlar
  8541.21 Yorugʻlik sezgir tranzistorlardan boshqa tranzistorlar, tarqalish koeffitsiyenti 1 Vt dan kam
  8541.29 Tranzistorlar; hech qayerda koʻrsatilmagan, yorugʻlik sezgirlaridan tashqari
  8541.30 Yorugʻlik sezgir qurilmalardan tashqari, tristorlar, diaklar va triaklar
  8541.49 Yorugʻlik sezgir yarim oʻtkazgichli qurilmalar: Boshqa
  8541.51 Yarim oʻtkazgichli oʻzgartiruvchi vositalar
  8541.59 Yarimoʻtkazgichli qurilmalar, hech qayerda koʻrsatilmagan
  8541.60 Oʻrnatiladigan piezoelektrik kristallar
3B 8482.10 Sharikli podshipniklar
  8482.20 Konussimon rolikli podshipniklar, jumladan, konussimon va torayib boruvchi rolikli jamlanmalar
  8482.30 Sferik rolikli podshipniklar
  8482.50 Boshqa silindrsimon rolikli podshipniklar, jumladan, qafassimon va rolikli jamlanmalar
  8807.30 Samolyotlarning boshqa qismlari. Vertolyot yoki uchuvchisiz uchish apparatlari
  9013.10 Lazerlar, lazer diodlardan tashqari; boshqa optik jihozlar va vositalar: Qurollarga oʻrnatish uchun teleskopik nishonlar
  9013.80 Lazerlar, lazer diodlardan tashqari; boshqa optik jihozlar va vositalar, hech qayerda koʻrsatilmagan
  9014.20 Aviatsiya yoki kosmik navigatsiya uchun vositalar va jihozlar (kompaslardan tashqari)
  9014.80 Boshqa navigatsiya vositalari va jihozlari
4A 8471.80 Maʼlumotlarni avtomatik qayta ishlash mashinalarining boshqa bloklari
  8486.10 Mashinalar va apparatlar: Quymalar yoki plitalar ishlab chiqarish uchun
  8486.20 Mashinalar va apparatlar: Yarimoʻtkazgichli qurilmalar ishlab chiqarish uchun yoki elektron integral sxemalarga aloqador
  8486.40 Mashinalar va apparatlar: Niqoblar va nishonlarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash; yarim oʻtkazgichli qurilmalarni yigʻish; yarim oʻtkazgichli qurilmalarni koʻtarish, koʻchirish, yuklash va tushirish uchun
  8534.00 Bosma platalar
  8543.20 Signal generatorlari
  9027.50 Optik nurlanishdan (ultrabinafsha, koʻrinadigan, infraqizil) foydalanuvchi boshqa asbob va apparatlar
  9030.20 Osilloskoplar, spektr analizatorlari va elektr kattaliklarini oʻlchash yoki tekshirish uchun boshqa asboblar va apparatlar: Osilloskoplar va osillograflar
  9030.32 Kuchlanish, elektr toki, qarshilik yoki quvvatni oʻlchash yoki tekshirishga moʻljallangan boshqa vosita va apparatlar: Yozib olish qurilmasiga ega multimetrlar
  9030.39 Kuchlanish, elektr toki, qarshilik yoki quvvatni oʻlchash yoki tekshirishga moʻljallangan boshqa vosita va apparatlar: Yozib olish qurilmasiga ega boshqa vositalar
  9030.82 Osilloskoplar, spektr analizatorlari va elektr kattaliklarini oʻlchash yoki tekshirish uchun boshqa asboblar va apparatlar: Yarimoʻtkazgichli plastinalar yoki qurilmalarni oʻlchash yoki tekshirish uchun
4B 8457.10 Metallga ishlov berish uchun qayta ishlash markazlari
  8458.11 Raqamli tarzda boshqariladigan, metallni olib tashlash uchun gorizontal tokarlik dastgohlari, jumladan, tokarlik markazlari
  8458.91 Raqamli tarzda boshqariladigan, metallni olib tashlash uchun tokarlik dastgohlari (jumladan, tokarlik markazlari) (gorizontal tokarlik dastgohlari bundan mustasno)
  8459.61 Raqamli boshqaruvga ega metall frezalash dastgohlari (tovar pozitsiyasi 8458 boʻlgan tokarlik dastgohlari va tokarlik markazlari, yoʻnaltiruvchi turdagi dastgohlar, parmalash dastgohlari, burgʻilash-frezalash dastgohlari, burgʻilash dastgohlari va konsolli frezalash dastgohlari)
  8466.93 Boshqa hech qayerda koʻrsatilmagan, faqat yoki asosan 8456–8461 tovar pozitsiyalaridagi dastgohlar bilan ishlatishga mos qismlar va aksessuarlar.